Yangiliklar
  • 17 11, 2023

"Millat faxri"

Bugun Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Millat faxri" shiori ostida madaniy-ma'rifiy bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

 

O'quvchilar qalbida davlat bayrog'iga bo'lgan hurmat tuyg'usini yanada kuchaytirish hamda faxr-iftixor hissini oshirishga qaratilgan mazkur tadbirda texnikumning pedagog-xodimlari, o'quvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Bayram so'nggida texnikum tomonidan tashkil etilgan tanlovlarda faol ishtirok etgan bir guruh o'quvchilar taqdirlandilar. 

Bayrog'imizni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar barchaga yanada ko'tarinki kayfiyat ulashdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 

•  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube