Yangiliklar
  • 17 11, 2023

18-noyabr- O'zbekiston Respublikasining "Davlat baryog'i to'g'risida"gi qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan "Iftixorim-g'ururim" mavzusida davra suhbati

Davlat bayrog'i va uning ramzi bugungi O'zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo'lgan davlatlar bilan tarixan bog'liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an'analarini o'zida mujassamlashtiradi.

Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi hamda S.Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda 18-noyabr- O'zbekiston Respublikasining "Davlat baryog'i to'g'risida"gi qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan "Iftixorim-g'ururim" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Unda texnikumning ARM yetakchi mutaxassisi Sh.Qo'ldosheva, markaz mutaxassislari tomonidan bayrog'imizda o'zbek xalqining asriy orzu-istaklari, g'ayrat va shijoati mujassam ekani haqida so'z yuritildi.

Chindan, milliy bayrog'imizning davlat idora va muassasalari, o'quv yurtlari, O'zbekiston a'zo bo'lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi odamda iftixor tuyg'usini uyg'otadi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar: 

•  telegram | •  facebook  | • instagram  |  •  youtube