Kitob haqida



Padarkush

Mahmudxo'ja Behbudiy

Padarkush” dramasi yaratilishiga qadar Behbudiyni san’atkor sifatida ko‘rsatadigan yirik asarlari ko‘p emas edi. O‘sha vaqtgacha u ko‘proq ma’rifatparvar adib, islom tarixi, geografiyasi hamda ijtimoiy hayot muammolarini yoritgan faol jurnalist va olim sifatida tanilgandi. Behbudiy 1911 yilda yozib tugatgan “Padarkush” dramasi rus senzurasidan o‘tgandan keyin, 1913 yilda nashr qilindi. Drama bir yil mobaynida Samarqandning katta «Narodniy dom» rus teatrida namoyish etildi